09:28 / 12.05.2018
3 593

Suriyadan otilgan raketa Isroildagi to‘yda sarosima keltirib chiqardi (video)

Suriyadan otilgan raketa Isroildagi to‘yda sarosima keltirib chiqardi (video)
Suriya hududidan Isroil tomon otilgan raketalardan biri to‘y mehmonlari orasida sarosima keltirib chiqardi. Bu holat videosi YouTube’da joylashtirildi.

Videoda dastlab havo trevogasi signali yangrayotgani, keyin esa osmonda raketa paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Shundan keyin kelin-kuyov va mehmonlar to‘y o‘tayotgan joyni shoshilinch ravishda tark etishayotgani ko‘rish mumkin.

10 may kuni Isroil armiyasi matbuot xizmati Eronning Suriyadagi kuchlari Isroilning Golan tepaliklaridagi pozitsiyalariga 20 taga yaqin raketa otganini ma’lum qilgandi. Isroil bunga javoban Eronning pozitsiyalariga zarba bergan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)