Endilikda Tojikiston TIV rahbari yangi familiyada

1 daqiqa o'qish4.4K
Endilikda Tojikiston TIV rahbari yangi familiyada
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov ruslashtirilgan familiyasini rasman tojiklashtirdi, endilikda uning ismi sharifi Sirojiddin Muhriddin deb ataladi, deyiladi Tojikiston tashqi ishlar vazirligi xabarida.

“Tashqi siyosat idorasi rahbari bir necha kun avval rasman ismi sharifini o‘zgartirdi. Endilikda vazirning familiyasi asosini – otasining ismi tashkil qiladi”, –deya qo‘shimcha qildi TIV xodimlaridan biri. Sirojiddin Muhriddin 54 yoshda, u TR TIV rahbari lavozimiga 2013 yilning noyabrida kirishgan. Unga qadar Tojikistoning qarorgoxi Nyu Yorkda bo‘lgan Kubadagi elchisi lavozimida ishlagan.

TIVga tayangan holda mahalliy OAVning xabar berishicha, Aslov 2017 yildayoq familiyasini o‘zgaratish jarayonini boshlagan, biroq «bandligi hamda mamlakat tashqarisidagi xalqaro va Tojikistonning o‘zidagi tadbirlarda ishtiroki tufayli” o‘zgartishlarni rasmiylashtirish hozirga kelib amalga oshdi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2007 yilda familiyasidagi ruslashtirilgan “-ov” qo‘shimchasidan voz kechgan edi, shu tariqa tojiklar tarixiy va madaniy qadriyati muhofazasi yo‘lida qadam tashlagan edi. Shundan so‘ng davlat amaldorlari va xizmatchilar o‘z familiyalarini o‘zgartira boshladilar.

2016 yil aprelida Tojikistonda istiqomat qiluvchi etnik tojiklarga hujjatlarida ruslashtirilgan familiyalardan foydalanish taqiqlandi. O‘shandan boshlab Tojikistonda Fuqorolik Holatini ro‘yxatga olish idoralarida ruslashgan “ov”, “ova”, “ovich” va “ovna” ism shariflarini ro‘yxatga olish to‘htatildi. Yangi qonunga binoan familiyalar tojiklarning “zod”, “zoda”, “ӣ”, “iyon”, “far” qo‘shimchalari bilan rasmiylashtiriladi. Qonunga qo‘shimcha sifatida Tojikistonda tojik ismlarining yagona reyestri ishlab chiqildi.

Manba: Tnews.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?