Xitoylik politsiyachilar ijtimoiy rolikda o‘z-o‘zini muhofaza qilishning eng yaxshi usulini namoyish qilishdi. Ularning fikricha, bu usul pichoq bilan hujum qilishi mumkin bo‘lganlarga qarshi qo‘llashga mo‘ljallangan. Rolik hajviy yo‘nalishda olingan, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari taklif qilingan usulning ijobiy tomonlari va kamchiliklarini jiddiy tahlil qilishga qaror qilishgan ko‘rinadi.
Hujum amalga oshirilgan taqdirda qanday harakat qilish kerakligiga doir video YouTube'ning New China TV kanaliga joylangan.
Izohlarda uning Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida 16 million martadan ortiq ko‘rilgani ma’lum qilingan. Rolikda politsiyachilardan biri - hujumga tayyorlanayotgan bezori, ikkinchisi esa tinch aholi rolida namoyon bo‘lgan. Pichoqni ko‘rgan ikkinchi politsiyachi orqaga o‘girilib, yordam so‘rab qichqirgancha qochadi.
Reddit foydalanuvchilarining aksariyati taklif qilingan usul boshqa muhofaza usullaridan ishonchliroq ko‘rinishiga qo‘shilishgan. Biroq ularning orasida pichoq bilan hujum qilayotgan kishiga orqa o‘girib qochishni ma’qullamaganlar, bunday holatni xavfli deb topganlar ham bo‘ldi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda