BMT agentligi Qirg‘izistonda bayonot qildi. Bayonotda mamlakat rasmiylari kelin o‘g‘irlash odatini bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirilgan. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Bayonot yaqinda yuz bergan va keng bahslarga sabab bo‘lgan fojia sababli qilingan. 27 may kuni militsiya bo‘limida 19 yoshli Burulay Turdaliyeva o‘ldirilgan. Bundan avval esa uning otasi Turdali Kojonaliyev militsiyaga murojaat qilib, uning qizi o‘g‘irlab ketilgani va uning xohishiga qarshi turmushga berishmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan.
Bir necha soatdan so‘ng Chu viloyatining Sosnovka qishlog‘ida YPX xodimlari ichida Burulay va ikki nafar erkak bo‘lgan mashinani qo‘lga olgan. IIV xodimlari hujjatlarni rasmiylashtirayotgan vaqtda qo‘lga olinganlardan biri, 29 yoshli kuyov Burulay o‘tirgan fuqarolar qabuli xonasiga o‘tgan va ichkaridan eshikni yopgan. Janjal ovozini eshitgan militsiya xodimlari eshikni buzgan va “kuyov” qizga va o‘ziga pichoq urganini ko‘rgan. Ular shifoxonaga olib borilgan. Qiz u yerda o‘ziga kelmagan va vafot etgan. Kuyov esa omon qolgan va ayni vaqtda shifoxonada yotibdi.
“Kelin olib qochish, majburiy nikoh Qirg‘iziston madaniyati va an’analariga hech qanday bog‘liq emas va ojiz kishilarning huquqlarini buzish hisoblanadi”. — deyiladi bayonotda.
BMT tuzilmalari bu noqonuniy amaliyotni bartaraf etishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan va bu tashkilot faoliyatida Qirg‘iziston bilan 2022 yilgacha imzolangan kelishuvlarga muvofiq ustuvor yo‘nalish bo‘lishini qayd etgan.
Qirg‘iziston ombudsmani Qubat Otorbayev Jinoyat kodeksidagi kelin olib qochganlik uchun jazoni qattiqlashtirish va uni besh yildan o‘n yilgacha cho‘zishni taklif qilgan.
Huquq himoyachilarining hisob-kitobiga ko‘ra, Qirg‘izistonda har yili 8—12 ming nafar ayol o‘g‘irlanadi. O‘g‘riliklarning uchdan ikki qismi kelishilmagan holatlar bo‘ladi. O‘g‘irlangan ayollarning taxminan ikki ming nafari zo‘rlashga duchor bo‘ladi. 2012 yilda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi qonun qabul qilingan, biroq u ildiz otib ketgan amaliyotni hali ham to‘xtata olgani yo‘q. Bundan tashqari, huquq himoyachilari tomonidan qayd etilishicha, mamlakat militsiyasi ba’zan bunday hodisalarga yetarlicha e’tibor bermaydi va jinoiy ish qo‘zg‘atmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi