Foto: «Sabah»
Avstraliyaning Sidney shahrida yashovchi 36 yoshli Ali Banat ismli musulmonni hamma «milliarder» deb atar edi. U umri oz qolganini eshitgach, barcha boyliklarini ehson qilib yubordi. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Rak kasalligiga mubtalo bo‘lgan milliarder milliardlab dollar qiymatga ega muhtasham uylarini, yaxtalarini, mashinalarini, tilla taqinchoqlarini sotib, barcha mablag‘ini mehribonlik uylariga, kambag‘allarga berib yubordi.
Shifokorlar 2016 yili uning 7 oy umri qolganini aytishgandi. Biroq u 2 yil yashadi. Milliarder bu xastalikni Yaratganning in’omi deya qabul qildi.
Milliarder Afrika qit’asining Togo davlatiga borib, u yerda «Dunyoning hamma joyidagi musulmon uchun» nomli vaqf(fond)ga asos soldi.
Togoda maktab va masjid qurdirdi.
Kecha Ali Banatning vafotidan avval tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Unda shunday so‘zlar bor: «Hammaning borar joyi aniq. Buyuk safarga har on tayyor bo‘laylik. Yaxshilik qiling, yaxshilik».
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi