
Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi uch milliarder yarim boyligini xayriya yo‘lida sarflab yubordilar. Bu haqda Azon.uz sayti xabar tarqatdi.
Ular 14 nafar saxovatpesha insondan iborat bo‘lgan, o‘z boyligining katta qismini xayriya qiluvchi guruhga qo‘shildilar.
Ta’kidlanishicha, saxovatpeshalardan biri bo‘lgan Shamshir Vayalil sayyoramizning eng badavlat odamlaridan sanaladi. U VPS Healthcare shifoxonalar, dorixonalar va klinikalar tarmoqlarining asoschisidir. Vayalilning boyligi 1,5 milliard dollarga baholanmoqda.
Doktor B. R. Shetti UAE Exchange tarkibiga kiruvchi Finablr moliyaviy konglomeratning egasi bo‘lib, boyligi 4,1 milliard dollardir.
Badr Ja’far Crescent Enterprises oilaviy biznesining rahbaridir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar