Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev davlat rahbarlari bir-biriga nima sovg‘a qilishi haqida gapirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
«Odatda davlat rahbarlari bir-biriga sovg‘a berishadi. Menga nima sovg‘a qilishganini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, muzeyga boring. Hammasi o‘sha yerda. Kecha menga 15 metrli ipak material sovg‘a qilishdi, unda Xitoy tog‘lari tasvirlangan va yozuv ham bor. Odatda biz qimmatbaho sovg‘alarni taqdim qilmaymiz, bu odobdan emas. Ammo, e’tibor juda muhim narsa» - dedi Nazarboyev Sindao shahridagi matbuot anjumanida.
Nazarboyev so‘zlariga ko‘ra, u tog‘ barsining kumushdan yasalgan tasvirini sovg‘a qilgan. Bundan tashqari, qozoq davlati rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga XXR do‘stlik ordeni topshirilganiga ham izoh berdi.
«Vladimir Putinni XXR raisi Si Szinpin orden bilan taqdirladi, buni ijobiy baholadim. Men uni qo‘llab-quvvatlash uchun jahon chempionati ochilish marosimiga boraman. Ba’zilar boykot qilishyapti, ammo men boraman. Biz yaqin do‘stmiz, do‘stona munosabatlardan do‘stlik vujudga keladi, ammo siyosatchilar do‘stligi - muhabbat emas. Bu do‘stlik mamlakatning, boshqarayotgan davlatning manfaatlaridan kelib chiqadi. Shunday sharoitda har narsa bo‘lishi mumkin, suhbatlar ham boshqacha, sovg‘alar ham» , - deb qo‘shimcha qildi Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti 10 iyun kuni ShHTga a’zo davlat rahbarlarining Sindao shahridagi 18-kengashida ishtirok etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar