20:54 / 12.06.2018
3 521

Tramp Kim Chen Inga iPad’da KXDR kelajagini ko‘rsatgan

Tramp Kim Chen Inga iPad’da KXDR kelajagini ko‘rsatgan
AQSh prezidenti Donald Trampning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan qo‘shma bayonot imzolanganidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida unga iPad’da videorolik ko‘rsatgan. Unda KXDRda ko‘chmas mulk sotuvi nuqtai nazaridan ochilayotgan imkoniyatlar tasvirlab berilgan, deb xabar qilmoqda Kun nashri.

«Masalan, ularda ajoyib sohilbo‘ylari bor. Siz buni deyarli barcha joyda ko‘rasiz, ular zambaraklar bilan okeanga otishganida ham ko‘rish mumkin. Men shunday dedim: «Bunday ko‘rinishning tengi yo‘qdir». Bu ko‘p xonadonli uylar uchun ajoyib joy emasmi? Men shunday dedim: «Buning o‘rniga, sizda jahondagi eng yaxshi mehmonxonalar paydo bo‘lishi mumkin», - deya aytib o‘tdi Tramp.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisiga vaziyat haqida ko‘chmas mulk savdosi nuqtai nazaridan o‘ylab ko‘rishni maslahat bergan.

AQSh yetakchisining aytishicha, Kim Chen In o‘zi ko‘rgan tasvirlardan hayratga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Kim Chen In imzolagan hujjat surati paydo bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Kim Chen Inga iPad’da KXDR kelajagini ko‘rsatgan