
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning katta nevarasi, Dariga Nazarboyeva qizi turmushga chiqdi deb xabar berdi Darakchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Venera 22 yashar Dalen Chayjunusovga turmushga chiqqan. Ular ikki yil oldin tanishgan, fotihasi joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan edi.
Dalen Farobiy nomidagi Qozog‘iston Davlat universitetining huquqshunoslik fakultetida tahsil olgan, Venera esa hamon talaba, u ijtimoiy kommunikatsiya va san’atni o‘rganish bilan mashg‘ul.
Nikoh oqshomi 23 iyun kuni Olma-Otadagi besh yulduzli "Ritz-Carlton" mehmonxonaning ballar zalida o‘tkazilgan. To‘yda oilaning qarindoshlari va do‘stlari qatnashdi.
Shuningdek, to‘yda "Rossiya estradasi qiroli" Filipp Kirkorov mehmon sifatida ishtirok etib, yoshlarni ushbu kun bilan tabrikladi.



“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar