Suriyaning janubi-g‘arbida Rossiya havo zarbalari qayta tiklandi

1 daqiqa o'qish3K
Suriyaning janubi-g‘arbida Rossiya havo zarbalari qayta tiklandi
Chorshanba kuni, Suriyaning janubi-g‘arbida Bashar Asadning hukmronligi qayta tiklanishi haqidagi muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, shu hududlarda Rossiya havo zarbalari yana boshlandi. Deraa shahridan shimoli-g‘arbda joylashgan Tafas va sharqdagi Sayd shaharlari bo‘ylab zarbalar berildi. Bu haqda Suriyanng inson huquqlari monitoringi guruhi xabar bermoqda.

Mintaqani qo‘zg‘olonchilardan qaytarib olish uchun Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya aviatsiyasi yordamida kampaniya olib bormoqda va bu hududning katta qismini qo‘lga kiritdi. Chorshanba kuni kechqurun Saydga bochkali bombalar ham tashlanganini ta’kidlayotgan huquq himoyachilari bu haqda xabar qilayapti.

Qo‘zg‘olonchilar jangovor harakatlarni to‘xtatish haqida kelishib olishga harakat qilib, Rossiya bilan muzokaralar olib borayotgan edi va hududlarni Asad boshqaruvi suvereniteti ostiga qaytarish bu muzoakaralarning shartlaridan biri edi. Biroq kelishuvga erisha olishmadi. Rossiya bilan muzkaralar olib borayotgan, Suriya erkin armiyasi asosiy fraksiyalarining vakili Reuters agentligiga “Rossiya tomonining og‘ir

texnikani topshirish to‘g‘risidagi qattiq talabi tufayli muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragani”ni bayon qildi. Qo‘zg‘olonchilarning boshqa vakili Rossiya bir vaqtning o‘zida hamma qurollarni topshirishga erishmoqchi bo‘lgani bois, muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganini xabar qildi. Suriya muxolifati esa o‘n minglab ko‘chirilgan odamlar uylariga qaytgandan so‘ng, uni bosqichma-bosqich topshirishni xohlagan edi. Shanba kuni muzokaralarning birinchi bosqichidan so‘ng, qo‘zg‘olonchilar “Rossiyaning shartlari tahqirlovchi kapitulyatsiya” ekanligini aytib, uni tark etishdi. Tez orada Iordaniya ularni muzokaralar stoli atrofiga qaytishga ko‘ndirdi, deb xabar bemroqda rasmiy manbalar. Iordaniya tashqi ishlar vaziri Aymon Safadi chorshanba kuni Moskvada Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazdi va agar o‘t ochish to‘xtatilmasa, Suriyaning janubida gumanitar halokat ro‘y berishi xavfi borligini bayon qildi.

Manba: Tnews.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?