Qozog‘iston Rossiyaning bir qator mintaqalaridan parrandachlik mahsulotlari olib kirishni taqiqladi

1 daqiqa o'qish4.3K
Qozog‘iston Rossiyaning bir qator mintaqalaridan parrandachlik mahsulotlari olib kirishni taqiqladi
26 iyul kuni Qozog‘iston qishloq xo‘jalik vazirligi Rossiyaning Orlov, Rostov va Nijegorod viloyatlaridan parrandachilik mahsulotlari olib kirishni ushbu mintaqalarda “yuqori patogen parranda virusi” yangitdan tarqalishi qayd etilganligi munosabati bilan cheklab qo‘yganligini xabar qildi.

Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, veterinariya kuzatuvi va nazorati qo‘mitasi tomonidan Qozog‘iston hududiga tirik parranda va inkubatsiya

tuxumlari, par va pat, parranda go‘shti va yuqori haroratda ishlov berishdan o‘tkazilmagan barcha turdagi parrandachilik mahsulotlarini olib kirishga vaqtinchalik cheklov kiritildi.

Matbuot xizmati cheklashlar parrandalar uchun ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari, taksidermik ishlovdan o‘tmagan ovchilik o‘ljalari (qush go‘shti), shuningdek, ko‘rsatilgan viloyatlardan keltiriladigan, avval ishlatilgan qush so‘yish va bo‘laklash uskunalariga ham taalluqli ekanligini xabar qilmoqda.

Manba: Tnews.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?