Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat aholisini lira kursi dollarga nisbatan rekord darajada pasayib ketishi yuzasidan xavotirlanmaslikka chaqirdi, deb yozadi «Daryo».
«Unutmang, ularning dollari bor, ammo biz bilan xalqimiz, Xudomiz birga. Biz ko‘p ishlayapmiz. 16 yil avval qanaqa edig-u, hozir qayerdamiz — o‘zingiz qarab ko‘ring», — dedi Erdo‘g‘on.
Turk lirasi Turkiya—Amerika aloqalari yomonlashuvi fonida, 10 avgust kuni 14 foizga — bir dollar uchun 6,47 liragacha tushib ketdi. Aprel oyida pasayishgacha dollar narxi 4 lira edi. Yil boshidan buyon turk lirasi 29 foizga tushib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni AQSh Moliya vazirligi ikki turk vaziri — IIV rahbari Suleyman So‘ylu va Adliya vazirligi rahbari Abdulhamit Gyulga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bunga ularning amerikalik pastor Endryu Bransonni ta’qib etishdagi roli sabab bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi