
Germaniyada natsistlar ramziy belgilaridan foydalanadigan videoo‘yinlarni tarqatishga ruxsat berildi. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.
Germaniyada ko‘ngilochar dasturiy ta’minotni tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot - USK natsistlar ramziy belgilaridan foydalanadigan videoo‘yinlarni mamlakat hududida butunlay taqiqlash o‘rniga, qo‘shimcha yosh reytingini o‘rnatish mumkin deb qaror qildi.
Shu bilan birga, taqiqlangan belgilar videoo‘yinlarda «ijtimoiy jihatdan adekvat» bo‘lishi kerak. Bu natsistlar ramziy belgilari badiiy yoki ilmiy maqsadda xizmat qilishi yoxud aniq tarixiy voqealarni qayta tiklashda qo‘llanilishi kerakligini anglatadi, deya ta’kidlab o‘tishgan tashkilotdan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar