Talaba qiz sotib olgan kiyilgan krossovka ichidan 1000 funt-sterling pul chiqdi

1 daqiqa o'qish4.7K
Talaba qiz sotib olgan kiyilgan krossovka ichidan 1000 funt-sterling pul chiqdi
Талаба қиз сотиб олган кийилган кроссовка ичидан 1000 фунт-стерлинг пул чиқди

Voqea yaqinda Angliyaning Manchester shahrida sodir boʻldi. 19 yoshni qarshilagan talaba qiz Ella Gillman internet orqali kiyilgan krossovka sotib olgandi. Nimayam qilsin? Talabalik-da! Kiyilgan boʻlsa ham arzonga tushadi. Ella uyga kelgach, shosha-pisha krossovkalarni kiyib koʻrmoqchi boʻldi. Bir poyi hadeganda oyogʻiga sigʻa qolmadi. Qiz sezdiki, ichida nimadir bor. Qoʻli bilan oʻsha xalal bergan narsani chiqarib oldi. Konvert ekan. Ichini ochdi-yu, 1000 funt-sterling pul solinganiga guvoh boʻldi…

Xuddi shu mahal Manchesterdan 400 kilometr uzoqlikda joylashgan Brayton shahrida yashovchi Laura Xazeldayn ismli ayol alam oʻtida kuyib yonardi. Bir paytlar roʻzgʻorimning koriga yaraydi deb 1000 funt-sterling pul berkitgandi. Ammo shuncha eslashga urinmasin, qayerga berkitganini topa olmasdi. Darvoqe, internet savdo orqali Ella sotib olgan krossovkalar egasi ham xuddi shu Laura edi.

Qarang, halol ishlab topilgan pul egasidan boshqaga nasib qilmasligi yana bir karra isbotlandi. Ella oʻsha zahotiyoq Lauraning telefon raqamiga 1000 funt-sterling pul tashladi.

— Men hozirgi kunda shunday halol insonlar borligiga ishonmasdim, — deydi Laura hayajon aralash. — Qarang, yaxshi kunlar uchun deb yashirgan pullarimni butunligicha oʻzimga qaytarishdi. Men Elladan juda-juda minnatdorman. Xudoyimdan unga faqat yaxshiliklar tilayman!..

Aytgancha, azbaroyi xursand boʻlib ketgan Laura krossovka evaziga olgan pulni Ellaga pochta orqali qaytarib joʻnatdi. Yoniga yaxshigina chegirmalarga ega buyumlar kuponlarini ham qoʻshib qoʻydi.

Manba: [url=https://hordiq.uz/2018/09/24/angliyalik-talaba-qiz-... [/url]
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?