Ochiq dengizda 49 kun: Indoneziyalik yigitning boshidan kechirganlari (video)

1 daqiqa o'qish4.5K
Ochiq dengizda 49 kun: Indoneziyalik yigitning boshidan kechirganlari (video)
Очиқ денгизда 49 кун: Индонезиялик йигитнинг бошидан кечирганлари (видео)

Indoneziyalik 19 yashar oʻsmir yigit 49 kun ochiq dengizda qolib ketdi. Bunga sabab uning baliq tutishga moʻljallangan kulbali qayigʻini shamol qirgʻoqdan ancha olisga olib ketgani boʻldi.

Aldi Novel Adilang 16 yoshidan beri baliqchilik qiladi. U baliq tutib sotishda oilasiga yordam beradi. Uning qiladigan ishi baliqlarni chalgʻitish uchun olov yoqilgan lampani tutib turish boʻlgan. Shunda baliqlar kulbali qayiqdagi toʻrga tushavergan. Bu anʼanaviy usul Indoneziyada baliq tutishda ancha ommalashgan.

Suzuvchi kulba qirgʻoqdan 125 km uzoqlikda joylashgan. Yigitchaga haftada bir marta suv, oziq-ovqat olib kelib turishgan va yangi tutilgan baliqlarni olib ketishgan. Odatda bunday kulbalar oddiy arqon bilan mustahkamlangan.

Joriy yilning iyul oyi oʻrtalarida kuchli shamol qayiqni bola bilan qoʻshib juda uzoqqa olib ketadi. Adilangda yeb-ichish uchun oziq-ovqat zaxirasi kam qolgan edi. U biror bir kema uni koʻrib qolishi va qutqarishlaridan umidini uzmadi.

Yigitcha baliq tutdi, kulba bunyod boʻlgan yogʻochlardan olov yoqib, baliqlarni pishirdi. Dengiz suvini tuzi kamroq boʻlishi uchun kiyimlari orqali sizdirib ichdi.

Shunday qilib oradan xavfli sarguzashtning 49 kuni oʻtdi. Bu orada uning yonidan 10 ta kema suzib oʻtdi, ammo hech kim unga eʼtibor qaratmadi. Oxir-oqibat Panama bayrogʻi ostida suzib yurgan kema uni oʻz bortiga chiqardi.

Kema kapitani Guamning qirgʻoq qoʻriqlov xizmati bilan bogʻlandi va boʻlgan voqeani soʻzlab berdi. Oxiri shunday qarorga kelindi: kema Yaponiya tomon yoʻnalishini oʻzgartirgach, yigitning vatanidagi konsullikdan vakil kelib, uni olib ketadigan boʻldi. Aldi uyiga 8 sentyabrda qaytdi. Ayni damda u oʻzini yaxshi his qilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?