Dushanbeda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochildi (foto)

1 daqiqa o'qish6.5K
Dushanbeda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochildi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Imomali Rahmon Dushanbe shahrida tashkil etilgan Nizomiddin Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻiga tashrif buyurdi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dushanbeda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochildi (foto)
Mazkur park Tojikiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 martdagi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan. Farmoyishda tojik va oʻzbek xalqlarining doʻstligi ramzi sifatida bogʻ markaziga Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Nizomiddin Alisher Navoiy haykali oʻrnatilishi belgilangan. Haykal loyihasini yaratish boʻyicha tanlov oʻtkazilgan.

Davlat rahbarining tashrifi arafasida parkka buyuk mutafakkir shoirlar haykali oʻrnatildi. 27 sentyabr kuni bu yerga davlat va hukumat vakillari, adiblar, yoshlar jam boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon mazkur istirohat bogʻi va haykalni tantanali ravishda ochdi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qoʻydi.

Tojikistonda shunday bogʻ va yodgorlik majmuasi ochilishini bu borada Oʻzbekistonda qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomi deyish mumkin. Maʼlumki, joriy yil 7 mart kuni Samarqand shahrining Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻida Navoiy va Jomiy haykali oʻrnatilgan edi. Yana bir eʼtiborli jihati, bu park yonidagi koʻcha ham Abdurahmon Jomiy nomi bilan atalgan, Navoiy bogʻi boshqa bir fors-tojik shoiri Abu Abdullo Rudakiy maydoni bilan tutashib ketgan.
Dushanbeda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochildi (foto)
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon oʻzaro muloqot qilgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?