Er tashlab ketmasligining kolumbiyacha usuli

1 daqiqa o'qish5.5K
Er tashlab ketmasligining kolumbiyacha usuli
Kolumbiyalik 38 yoshli Antonela Padiyya eri bilan ancha yildan beri birga yashardi. Ammo oʻrtada farzand yoʻq edi. Ayol bir kun kelib eri tashlab ketishidan qoʻrqardi. Qoʻrquv yolgʻonga undadi. U eri kechalari qorin qismiga qoʻl tekkizmasligini bilgani uchun qorniga yostiq boylab yuradigan boʻldi. Hammaga homiladorligini, tugʻruq yaqin qolganini aytib maqtandi. Noshud er, ayolning qaynona-qaynotalari ham bu safsatalarga laqqa tushishdi. Uni asrab-avaylaydigan boʻlishdi. Padiyya esa tez-tez uydan chiqib ketar, internetdan homila surati tushirilgan UZI xulosalarini koʻchirib olib kelib uydagilarga koʻrsatardi.

Ana shunday kunlarning birida kasalxonaga tugʻish uchun ketayotganini aytdi-yu, chiqib ketdi. Qizigʻi, er ham, uydagi boshqa qondoshlar ham eʼtiborsiz ekanmi, bu gapiga ham ishonishdi. Lekin hech kim u bilan birga bormadi. Ayol uch kundan keyin uyga qornidagi yostiqsiz kirib keldi va eriga bezorilar qoʻliga tushib qolgani, ular nomaʼlum tarafga olib ketib qornidagi bolani pichoq yordamida birovlarga sotish niyatida kesib olishganini, keyin majburan narkotik ukol qilib hushidan ketkazishganini aytib yigʻladi. Er va qaynona-qaynotalari bu gapga ham ishonishdi.

Lekin qaynonasi buni amalda tekshirib koʻrish lozimligini aytib turib oldi. Xullas, ayolning yolgʻonlari baribir oshkor boʻldi. Vrachlar tekshirib koʻrib u hech qachon homilador boʻlmaganini aytishdi. Shu bilan birga politsiyaga xabar berishdi. Ammo Padiyya qochib ketdi. Hozir uning qay manzilda ekanini hech kim bilmaydi. Politsiyachilar ayolga nisbatan qidiruv eʼlon qilishgan. Aytishlaricha, u kasalxonalarga homilador ayol qiyofasida kelib koʻp bora vrach qabuliga navbatsiz kirgan. Bu harakati bilan davlatga moddiy ziyon yetkazgan…

Biroq ayolning niyati toza edi. U shu yoʻl bilan erini ajrashishdan toʻxtatib qolishni istagandi xolos.

Manba: Hordiq.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?