Indoneziyaning Markaziy Sulavesi provinsiyasidagi qamoqdan 100 dan ortiq mahbus qochdi. Bunga goʻyoki qamoqxona boshligʻining mahbuslarga zilzilada jabrlangan qarindosh-urugʻlarni izlashga ruxsat bermagani sabab boʻlganligi qayd etilmoqda, deb yozadi Kun.uz.
Manbaga koʻra, qamoqxona boshligʻi tabiiy ofatdan keyin vayron boʻlgan hududlarda yashovchi qarindosh-urugʻlarni qidirishga ruxsat bermaganidan keyin 342 nafar mahbus qamoqxonaga oʻt qoʻygan.
Mahalliy Kompas TV telekanali qamoqxona boshligʻining soʻzlarini keltirishicha, buning natijasida “kamida 100 kishi qamoqdan qochgan”. Uning soʻzlariga koʻra, Markaziy Sulavesi politsiyasining 100 nafar xodimi vaziyatni tartibga solish ishlariga safarbar etilgan.
Taʼkidlanishicha, yongʻin qamoqxonaning katta qismini vayron qilgan va qolgan mahbuslarni saqlashga layoqatli emas. Voqea joyida oʻt oʻchiruvchilar brigadalari ish olib bormoqda.
Foto: JP/Nethy Dharma Somba
Juma kuni ertalab Sulavesi oroli qirgʻoqlarida Palu shahri yaqinida 6,1 magnitudali yer silkinishi roʻy bergan. Keyinroq xuddi shu hududda yana bir 7,4 magnitudali zilzila va qator aftershoklar qayd etildi.
Shundan soʻng OAVda Palu ikki metr balandlikdagi sunami ostida qolgani haqida xabar berildi. Zilzila va undan keyingi sunami qurbonlari soni soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 832 kishini tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi