06:07 / 26.10.2018
3 659

Jamol Qoshiqchining o‘g‘li oilasi bilan AQShga jo‘nab ketdi

Jamol Qoshiqchining o‘g‘li oilasi bilan AQShga jo‘nab ketdi
Vahshiyona o‘ldirilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining to‘ng‘ich o‘g‘li Saloh va uning oilasi Saudiya Arabistonidan AQShga jo‘nab ketdi. Bu haqda Human Rights Watch huquqni himoyalash tashkiloti vakili Sara Li Uitson ma’lum qildi.

“Yaxshi yangiliklar: Jamol Qoshiqchining o‘g‘li Saloh va uning oilasi AQShga jo‘nab ketdi”, deb aytdi Uitson. Ularga nisbatan avvalroq kiritilgan tashqariga chiqish taqiqlovi bekor qilingan.

CNN telekanalining ma’lum qilishicha, Salohda Amerika va Saudiya fuqaroligi bor, biroq unga Saudiya Arabistonidan chiqishga ruxsat berilmagani sababli qirollikni tark eta olmagan.

23 oktyabrda Saudiya Arabistoni qiroli va valiahd shahzodasi Ar-Riyoddagi qarorgohida Qoshiqchining yaqinlariga hamdardlik bildirish maqsadida jurnalistning o‘g‘lini qabul qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jamol Qoshiqchining o‘g‘li oilasi bilan AQShga jo‘nab ketdi