Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev o‘z vataniga qaytdi. Bu haqda Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi rasmiy vakili Qunduz Jo‘lduboyeva ma’lum qilgan.
O‘zining Facebookʼdagi rasmiy sahifasida Jo‘lduboyeva sobiq prezidentining qaytishi bilan bog‘liq ma’lumotni joylashtirdi. “Do‘stlar! Bizni kutgan, gumonda bo‘lgan va kutmagan barchaga salom! QSDP delegatsiyasi to‘liq tarkibda eson-omon vatanga qaytdi! Tinchgina yashayverishlaring mumkin. Garchi, ayrimlar ertalabgacha uxlolmasdan chiqsa ham. Kimdir o‘zi istagan narsani haqiqat sifatida taqdim etishni juda xohlagandi...” — deb yozgan Q.Jo‘lduboyeva.
22 oktyabr kuni Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Moskvaga uchib ketgan va 24–27 oktyabr kunlari Osiyo siyosiy partiyalarining xalqaro Konferensiyasi X Bosh assambleyasida ishtirok etishni rejalashtirgan edi.
“Biroq, 22–23 oktyabr kunlari u Sankt-Peterburg shahrida tug‘ishgan akasi K.Sharshenovning bevasi Ye.Sharshenovaning dafn marosimida ishtirok etishga majbur bo‘lgan. Sobiq prezidentning safari uning eng yaqin safdoshlaridan biri hisoblanuvchi Ikromjon Ilmiyanovning hibs etilishi bilan to‘g‘ri kelib qoldi. Buning ortidan Qirg‘izistonning ayrim ommaviy axborot vositalari turli taxminlarni o‘rtaga tashladi, jumladan, Qirg‘izistonning sobiq rahbari mamlakatdan qochib ketdi, degan farazlarini ham. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi