
Mahalliy manbalar bergan xabarga ko‘ra, AQSh lik rep xonandasi Teodor Jons 29 oktyabr kuni ertalab "Waffle House" oziq-ovqat tashish bo‘limi tashqarisida otib ketildi.
Tergovchi uning shaxsini tasdiqladi va yigitning o‘limiga miltiqdan o‘q otilishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda politsiya ikki gumondorni qidirmoqda.
Dushanba kuni "Twitter" ijtimoiy tarmog‘ida Teodorning xotirasiga bag‘ishlangan tvitlar joylandi.
Xip-xop yo‘nalishidagi qo‘shiqlar ijrochisi Teodor Jons 2015 yilda "Moolah" treki bilan "YouTube" portalida mashhur bo‘lgan. Uning ushbu videoklipini 30 milliondan ortiq kuzatuvchi tomosha qilgan.
"Moolah" qo‘shig‘i "Bilboard xot 100" chartida 85-o‘ringa chiqqan. Keyingi yil xonanda Lil Ueyn va Yo Gotti bilan qo‘shiqning remiks variantini yaratgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar