Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Amul-Xazar» rallisiga tayyorgarlik ko‘rgan poyga avtomobili unga Germaniyada 520 ming yevroga sotib olingan. Bundan Turkmaniston davlat xaridlari portali ma’lumotlari darak bermoqda, deb yozadi Kun.uz.
Prezident uchun avtomobil 7 iyun kuni sotib olingan, 19 iyun kuni esa Turkmaniston prezidenti va uning o‘g‘li Sardor o‘z chizmalari bo‘yicha poyga avtomobilini «shaxsan o‘z qo‘llari» bilan loyihalashtirishdi hamda yig‘ishdi.
Berdimuhamedov tomonidan yig‘ilgan avtomobil 20 iyun kuni omma oldida namoyish etildi. Iyul oyi boshida Turkmaniston prezidenti Germaniyadan olib kelingan mashinada sinovlar o‘tkazdi hamda o‘z ixtirosi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Foto: Xronika Turkmenistana
Foto: Xronika Turkmenistana
Foto: Xronika Turkmenistana
Rallining boshlang‘ich bosqichida Berdimuhamedov Mini-Cooper sport avtomobilida ishtirok etdi, biroq bu Germaniyadan keltirilgan mashina bo‘lganmi yoki boshqa avtomobil edimi - noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi