
Mo‘g‘ulistonning “Selnen” kompaniyasi ustalari tomonidan bunyod etilgan dunyodagi eng baland o‘tov "Ginness rekordlari" kitobiga kiritildi.
Qayd etilishicha, o‘tov Xangi-Mandal nazorat-o‘tkazish punktiga yaqin manzilda o‘rnatilgan bo‘lib, uning balandligi 14 metrni (uch qavatli uyning o‘rtacha balandligi) tashkil etadi. O‘tov 1 ming kvadrat metr maydonni egallagan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 kishini sig‘dirishi mumkin.
Xorijiy sayyohlarni jalb etish maqsadida bunyod etilgan o‘tov juda ulkan bo‘lsa-da, an’anaviy 4 ta tirgagichga ega, xolos. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar