Mishel Obama yozgan memuarlari uchun 60 million dollar gonorar oladigan bo‘ldi

Mishel Obama yozgan memuarlari uchun 60 million dollar gonorar oladigan bo‘ldi
Penguin Random House” nashriyoti Obamalarga 60 mln dollar gonorar to‘laydigan bo‘ldi.

AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obamaning “Becoming” asarining rasmiy relizi e’lon qilinmay turib, bu memuar Amerikaning “Amazon” bestsellerlari ro‘yxatida eng yuqori o‘rinni egalladi.

Shunga ko‘ra, “Penguin Random House” nashriyoti Obamalar oilasi bilan ikkita kitob uchun shartnoma imzolagan.

Shartnomaga muvofiq, Mishel Obama memuarining ikkinchi qismini AQSh eks-prezidenti Barak Obamaning o‘zi yozadi. Barak Obamaning bu kitobida o‘zining mamlakat 44-prezidenti sifatida o‘tkazgan davri haqida mufassal ma’lumot berishi kutilmoqda.

Obamalar mazkur memuarlarga berilgan gonorar mablag‘larini xayriya ishlariga yo‘naltirishlarini bildirgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar