Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandes Iberoamerika sammitining yig‘ilishi davomida qahva ishlab chiqaruvchilar blokini tashkil etish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu mahsulot uchun jahon bozorlarida «adolatli» narxni ta’minlash uchun kerak, deb xabar beradi Kun.uz.
Xuan Orlando Ernandes
Foto: AFP 2018 / RODRIGO ARANGUA
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda qahva bozorida salbiy holat mavjud, shuning uchun qahva ishlab chiqaruvchilar va sohadagi ko‘plab xodimlar jiddiy zarbalarga duch keldi.
«Gonduras qahva kabi muhim mahsulotga nisbatan ancha adolatli narxni himoya qilish uchun mamlakatlar, kompaniyalar va ishlab chiqaruvchilar blokini yaratish maqsadida «salib yurishlari»ni boshlayapti», - deya ma’lum qildi Ernandes.
Gonduras qahva ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda ushbu mahsulot narxining pasayishi global qahva ishlab chiqaruvchilarga qattiq ta’sir qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qahvaning yangi foydasi aniqlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi