
Avstraliyada Nikers laqabli ho‘kiz katta o‘lchamlari sababli so‘yilishdan qutulib qoldi. BBC News telekanalining ma’lum qiliishicha, bahaybat buqa mahalliy “yulduz”ga aylangan.
Meet 'Knickers', an enormous steer who has avoided the abattoirs by being too heavy...
— Sky News (@SkyNews) November 28, 2018
He will instead live out his days in a paddock ????
Watch this and more videos from around the world here: https://t.co/ykoGZGdRPI pic.twitter.com/i1mMmzUm37
Golshtin-friz zotiga mansub buqaning og‘irligi 1,4 tonna, bo‘yi esa 194 santimetrni tashkil qiladi. G‘arbiy Avstraliyadagi fermada boqilgan 7 yoshli buqa Avstraliyadagi eng katta buqa hisoblanadi.
Oktyabrda uning egasi, fermer Jeff Pirson uni auksionda sotishga harakat qilgan, biroq mamlakatdagi birorta kushxona uni eplay olmasligidan xavotir qilib, uni sotib olmagan.
“U boshqa ho‘kizlardan farq qilgan, ulardan biroz yirikroq edi. Biz uning do‘stlarini so‘yishga yuborib turamiz, biroq unga hech qo‘limiz ko‘tarilmagan. Shunda biz “Keling uni qoldiraylik. Uning hech kimga ziyoni yo‘q-ku” degan qarorga keldik”, deb eslamoqda fermer. Uning aytishicha, u ho‘kizni bir yoshligida sotib olgan.
Fermerning ta’kidlashicha, ho‘kiz umrining oxirigacha fermada qoladi.
Buqa o‘zidan bo‘yi ancha pastroq “birodarlari” qurshovida ajralib turgan tasviridan keyin OAV va ijtimoiy tarmoqlar e’tiborini tortgan. Ba’zi foydalanuvchilar hazil tariqasida ho‘kizni basketbolchilar bilan taqqoslay boshlashgan.
Nikers bahaybat o‘lchamlariga qaramay, dunyodagi eng katta ho‘kiz hisoblanmaydi. Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, ayni vaqtda dunyodagi eng katta ho‘kiz Italiyadagi Bellino laqabli ho‘kizdir. Uning bo‘yi deyarli 203 smga yetadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar