Avvalroq, Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Avstraliyada yashovchi, balandligi salkam ikki metr keladigan «Nikers» laqabli sigirga e’tibor qaratgani haqida xabar bergan edik.
Kanadalik fermer Karl Shonrok uning fermasidagi «Dozer» buqasi ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylangan «Nikers» buqasidan uch santimetrga balandligini ma’lum qilgan.
«Dozer»ni bir necha kun avval o‘lchaganda uning bo‘yi 1,92 metr bo‘lgan. Ammo «Nikers»ning mashhurligini ko‘rib, Karl yana bir bor buqasini o‘lchab ko‘rdi va buqa avvalgidan o‘sgani, hozirda «Nikers»dan uch santimetrga balandligini aniqladi.
«Nikers» kabi «Dozer» ham fermada tug‘ilgan. Buqani qushxonaga yuborishayotganda uni Rebekka Xanushuk qutqargan.
Rebekka «Dozer»ga mehri uyg‘onib, uni har kuni ko‘rishni odam qilib olgan. Ularning ilk uchrashuvida «Dozer» 12 oylik edi. Uni qushxonaga yuborish vaqti kelganda Xanushuk do‘stlarining yordami bilan buqani sotib oldi. Keyingi yillar davomida buqa kutilmaganda 1,3 tonnagacha vazn yig‘di. U o‘sgani sayin kattalashaverdi. Men bunday bo‘lishini kutmagandim.
«Ishdan kelganimdan keyin birinchi qiladigan ishim bu «Dozer» bilan ko‘rishish, u meni juda yaxshi biladi» — deydi Rebekka.
Hozir buqaning yoshi oltida va u 20 yoshgacha umr ko‘rishi mumkin. Buqa o‘zi o‘lmaguniga qadar unga g‘amxo‘rlik qiladi.
[media=https://www.youtube.com/embed/3nGZJZPagxc?start=0] “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi