11:30 / 10.12.2018
5 731

Pokistonlik 26 yoshli sartarosh o‘z kasbini mo‘’jizalar xazinasiga aylantirdi

Pokistonlik 26 yoshli sartarosh o‘z kasbini mo‘’jizalar xazinasiga aylantirdi
Muhammad Avaysni Pokistonning Gunrajval shahrida «Qaychi qo‘lli sartarosh» deb atashadi. Chunki u sartaroshlik kasbini haqiqiy mo‘’jizaga aylantira olgan.

Erkaklar sochini o‘zi o‘ylab topgan maxsus usullar orqali shunday chiroyli oladi-ki, qoyil qolmasdan iloj yo‘q. Oldiniga har bir qo‘lida birdan yettitadan qaychi ushlagan, ularning barchasidan unumli foydalangan holda soch olardi. Keyinchalik qaychilar soni 27 tadanga chiqdi.

Bu-ku mayli, Muhammadning o‘zi o‘ylab topgan soch turmaklari pokistonlik mijozlarini hayratdan yoqa ushlashga majbur etib ulgurgan. Hozirgi kunda u ishlaydigan sartaroshxonaga kirish uchun oylab navbatda turishingiz kerak.

Ammo bir narsani aytish kerak. Muhammad bir odamning sochini maksimum yarim soat ichida olib, to‘g‘rilashga ulguradi. Xizmati uchun esa atigi 4 dollargina pul oladi.

Manba: "Hordiq"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonlik 26 yoshli sartarosh o‘z kasbini mo‘’jizalar xazinasiga aylantirdi