12:30 / 13.12.2018
2 745

Rivojlanishning efiopiyacha usuli ...

Rivojlanishning efiopiyacha usuli ...
Efiopiya – iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan va yalpi ichki mahsuloti jadal oshayotgan davlat. Bugun shu o‘lkadan tashrif buyurgan kursdoshim bilan jamiyat va davlat rivoji haqida bafurja suhbatlashdim.

Biz Afrika qit’asi deganda odatda birinchi bo‘lib sahroni tasavvur qilamiz. Xo‘sh, sahrodagi bu davlatning rivojlanish siri nimada? Men shulardan birini topganday bo‘ldim.

Suhbat asnosida ma’lum bo‘ldiki, Efiopiyada aksariyat davlat organlarining xodimlari “kursi”ga o‘tirishdan avval 5 yil qishloq hududida yashab, aholining eng quyi qatlami bilan birga kun kechirib, tashabbus ko‘rsatishi, shu hududni oyoqqa turishiga xizmat qilish kerak ekan.

Bu tajribani o‘zimizda tatbiq qilish haqida o‘yladim. Xo‘sh, ming-minglab davlat ishchilarimizdan nechtasi qishloqdan omon qaytar ekan? Qishloqda gaz yo‘q, chiroq yo‘q. Xayolimga birinchi bo‘lib ana shu fikr keldi.

Lekin kun kelib, imkon bo‘lishi bilan shu tashabbusni joriy qilishga urinib ko‘raman. Ehtimol, o‘shanda o‘zim birinchi bo‘lib qishlog‘imda 5 yil yashab, gazsiz, chiroqsiz yashayotgan ota-onam oldidagi qarzimning yuzdan birini uzarman.

Biz texnologik yoki ilmiy innovatsiyaga emas, avvalo, oddiy insoniy innovatsiyaga muhtojmiz, ayni paytda.
Shuhrat Sattorov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rivojlanishning efiopiyacha usuli ...