13 dekabrda Qirg‘iziston parlamenti deputatlari “Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti faoliyatining kafolatlari haqida”gi qonunning sobiq davlat rahbarlari daxlsizligi qismiga o‘zgartirish kiritishni muhokama qiladilar.
Agar qonunga o‘zgartirish kiritilsa, sobiq prezident jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Deputat Oqilbek Japarov agar sobiq prezident katta siyosatga qaytsa, u “sobiq” maqomidan mahrum qilinishi borasida qonunga qo‘shimchalar kiritish kerakligini aytdi.
“Agar sobiq prezident siyosatga qaytsa, “sobiq” davlat rahbari sifatida emas, oddiy fuqaro sifatida harakat qilsin,” dedi u.
Deputat Janar Akayevning "Agar qonunga o‘zgarish kiritilsa, Almazbek Atamboyev jinoiy javobgarlikka tortiladimi?" degan savoliga qonun loyihasi mualliflaridan biri Kurmanqul Zulushev “Agar inson qonunni buzsa, u javobgarlikka tortilishi kerak. Barcha teng bo‘lishi kerak. Shuning uchun biz qonunni Konstitutsiyaga muvofiqlashtiramiz,” deb javob berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi