13 dekabrda Qirg‘iziston parlamenti deputatlari “Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti faoliyatining kafolatlari haqida”gi qonunning sobiq davlat rahbarlari daxlsizligi qismiga o‘zgartirish kiritishni muhokama qiladilar.
Agar qonunga o‘zgartirish kiritilsa, sobiq prezident jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Deputat Oqilbek Japarov agar sobiq prezident katta siyosatga qaytsa, u “sobiq” maqomidan mahrum qilinishi borasida qonunga qo‘shimchalar kiritish kerakligini aytdi.
“Agar sobiq prezident siyosatga qaytsa, “sobiq” davlat rahbari sifatida emas, oddiy fuqaro sifatida harakat qilsin,” dedi u.
Deputat Janar Akayevning "Agar qonunga o‘zgarish kiritilsa, Almazbek Atamboyev jinoiy javobgarlikka tortiladimi?" degan savoliga qonun loyihasi mualliflaridan biri Kurmanqul Zulushev “Agar inson qonunni buzsa, u javobgarlikka tortilishi kerak. Barcha teng bo‘lishi kerak. Shuning uchun biz qonunni Konstitutsiyaga muvofiqlashtiramiz,” deb javob berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi