Aleksandr Lukashenko Belarus oliy rahbariyati bilan «Rossiya bosimi»ga bag‘ishlangan yopiq yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar berdi Kun.uz «Nasha Niva» nashriga tayanib.
Yig‘ilishda «Rossiya tomonidan bosim sharoitida» ko‘riladigan choralar muhokama qilingan.
«Prezident huzurida katta yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mustaqillik uchun oxirigacha turish haqida so‘z bordi. Buni hamma qo‘llab-quvvatladi», degan nashr manbasi.
Avvalroq Minskda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Lukashenko mamlakat mustaqilligini saqlash uning muhim vazifasi ekanligini ta’kidlagandi.
«Agarda bizni Jirinovskiy taklif qilganidek, oblastlarga bo‘lib tashlash va Rossiyaga qo‘shib olishni istashsa – bu holat hech qachon bo‘lmaydi. Agarda Rossiya rahbariyati ana shunday o‘yda bo‘lsa - bu Rossiyaning zarariga bo‘ladi. Biz uchun suverenitet muqaddas narsa, bu haqda oldin ham aytganman», degandi Belarus prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi