Moskvada migrantlar uchun 2019 yil 1 yanvardan mehnat patenti narxi 4,5 ming rubldan 5 ming rublga oshirildi.
Moskva shahar dumasi bu haqdagi qarorni 2018 yil noyabr oyining oxirida qabul qilgan edi.
Moskva shahar dumasining iqtisodiy siyosat va moliya bo‘yicha komissiyasi raisi Lyudmila Guseva “biror-bir ta’lim hamda Moskvada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan mehnat migrantlarigina Rossiya poytaxtiga kelishi kerak”ligini aytgan.
Bundan avval u chet elliklar uchun patent narxini oshirish mamlakat byudjetini to‘ldirishga yordam berishi, olingan mablag‘lar esa ijtimoiy ehtiyojlarga sarflanishini aytgan edi.
Moskva shahar dumasi bilan deyarli bir vaqtda Moskva viloyati dumasi ham migrantlar uchun mehnat patenti narxini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab u 450 rubl qimmatlab, 4750 rublga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi