
Dubayda bortida ekipaj aʼzolari va 8 nafar turist boʻlgan narxi 1,5 million dollar turuvchi yaxta choʻkib ketdi, deb xabar berdi Kun.uz nashri. Nashrning bildirishicha, ijaraga olingan yaxta ostida yoriqlar paydo boʻlishi oqibatida choʻkib ketgan.
Politsiya qayigʻi yaxta choʻkishni boshlashi bilan uning yoniga yetib borgan va uning bortida boʻlganlarning barchasini qutqargan.
Yaxta choʻkayotgan vaqtda u qirgʻoqdan 200 metr narida boʻlgan. Hodisa natijasida hech kim jarohatlanmagan.
VIDЕO “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar