3 924
AQSh Turkiyadan Rossiyaning S-400 raketa majmuasini sotib olishdan voz kechishini talab qildi
AQSh Turkiyadan Amerikaning Patriot majmuasi yetkazib berilishi evaziga Rossiyaning S-400 raketa tizimini sotib olishdan voz kechishini talab qildi. Bu haqda Yeni Şafak gazetasiga tayanib Kun.uz xabar qildi.
3 yanvar kuni Anqaraga muzokara o‘tkazish uchun kelgan Amerika delegatsiyasi Turkiya TIV va mudofaa vazirligiga S-400ga buyurtmani bekor qilish talabini qo‘ygan. Shu tarzda Vashington Turkiyaga Rossiya majmualari yetkazib berilishini to‘xtatish uchun so‘nggi bor urinib ko‘rdi, deb yozadi gazeta.
Dekabr oyida AQSh senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi yangi rahbari Jeyms Inxof Turkiya F-35 dasturi ishtirokchisi bo‘lib qolish uchun S-400 majmuasini sotib olishdan voz kechishi kerakligini aytgandi. Undan sal oldinroq esa Turkiya TIV rahbari Mavlut Chovusho‘g‘li S-400 sotib olish haqidagi qaror bekor qilinmasligini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi