06:55 / 08.01.2019
3 341

Yaponiyada mamlakatdan chiqib ketish uchun soliq joriy etildi

Yaponiyada mamlakatdan chiqib ketish uchun soliq joriy etildi
Yaponiyada joriy yil 7 yanvardan e’tiboran mamlakatdan chiqish uchun soliq joriy etildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Yangi soliqni mamlakatni dengiz yoki havo orqali tark etayotgan fuqarolar va chet elliklar to‘lanishi lozim. Uning qiymati 1000 yapon iyenasi (9,2 dollar atrofida)ni tashkil etadi va u chipta narxiga kiritiladi.

Yaponiya hududini mamlakatga kelganidan keyingi 24 soat ichida tark etadigan tranzit yo‘lovchilar, xorij elchilari, davlat mehmonlari, shuningdek, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar ushbu soliq to‘lovidan ozod qilingan.

Yaponiya hukumati ushbu soliqdan birinchi yilning o‘zida 50 milliard iyena (400 million dollardan sal ko‘proq) pul tushumi bo‘lishiga umid qilmoqda. Ushbu mablag‘ xalqaro aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada mamlakatdan chiqib ketish uchun soliq joriy etildi