08:36 / 11.01.2019
3 740

Tramp devorining namunasini oddiy temir arra bilan buzishga muvaffaq bo‘lindi

Tramp devorining namunasini oddiy temir arra bilan buzishga muvaffaq bo‘lindi
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada qurmoqchi bo‘layotgan po‘lat panjaralarni oddiy temir arra bilan arralash mumkinligi ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, bu AQSh milliy xavfsizlik vazirligi o‘tkazgan sinov davomida aniqlandi.

Tramp suratlarda AQShning avvalgi ma’muriyatlari qo‘llagan devor namunasi tasvirlanganini aytgan. “Biz qurayotgan devordan o‘tish juda, juda qiyin bo‘ladi”, deb aytgan Tramp.

NBC ma’lumotlariga ko‘ra, Trampdan avvalgi prezidentlar vaqtida bunday ishlanmalar haqiqatan qo‘llangan, biroq suratdagi devor namunasi Tramp prezidentligi vaqtida qurilgan.

Ta’kidlanishicha, surat 2017 yil oxirida sinovlar o‘tkazilgan joy – Kaliforniya va Meksika o‘rtasidagi chegarada joylashgan Pogo Rou degan joyda olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp devorining namunasini oddiy temir arra bilan buzishga muvaffaq bo‘lindi