Brand Finance kompaniyasi talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmatbaho brendlari reytingining yetakchi uchtaligi 2018 yil ichida o‘zgarmadi. Amazon hamon yetakchi bo‘lib qolmoqda, ushbu brend 187,9 mlrd dollarga baholangan (o‘sish 24,6 foiz).
2-o‘rinni Apple (153,6 mlrd, 5 foiz o‘sish), 3-o‘rinni Google (142,7 mlrd, 18,1 foiz o‘sish) egallamoqda.
Yetakchi o‘ntalikdan AQShning 7 ta kompaniyasi (yuqorida qayd qilingan yetakchi uch kompaniyadan tashqari Microsoft, AT&T, Facebook va Verizon), Xitoyning 2 ta (ICBC va China Construction Bank) va Janubiy Koreyaning bitta kompaniyasi – Samsung o‘rin olgan (4-o‘rin). Samsung kompaniyasi brendi yetakchi o‘ntalikda arzonlashgan yagona kompaniya bo‘ldi (91,2 mlrd dollar, 1,1 foizga arzonlashgan).
Mutaxassislar eng kuchli brend sifatida Ferrari’ni e’tirof etishgan. Bunda kuchlilik koeffitsiyenti investitsiyalar va marketing, aksiyadorlik kapitali o‘lchami va bu omillarning biznesning samaradorligiga ta’siri asosida hisoblab chiqiladi.
Bu borada 2-o‘rinni Rossiyaning Sberbanki egalladi. Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan: Deloitte, WeChat, McDonald’s, Intel, Rolex, Neutrogena, Coca-Cola va PwC. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi