Hindiston aeroportida yo‘lovchining bagajidan bir oylik qoplon topildi, deya xabar bermoqda «Kun.uz».
Ta’kidlanishicha, Tailanddan Hindistonga kelgan aviayo‘lovchi bojxonachilar sumkasidan qoplon bolasini topishgach, aeroportda qo‘lga olindi.
Erkak aeroport xodimlari uning yukidan kelayotgan g‘alati tovushni eshitishganidan so‘ng shubha uyg‘otgan, sumkada esa og‘irligi taxminan bir kilogramm bo‘lgan qoplon bolasi yashirib qo‘yilgan.
«Hayvon shok holatida bo‘lib, asabiy tovushlar chiqargan hamda kuchsiz ko‘rinardi», - deya aytib o‘tishdi aeroport vakillari.
45 yoshli qo‘lga olingan erkakning nomi oshkor etilmayapti, u bojxona xodimlari yuk haqida savol berishganida, «tushunarsiz javoblar qaytargan». Ayni paytda rasmiylar gumonlanuvchi xalqaro kontrabanda tashkilotiga a’zoligini aniqlashga urinmoqdalar.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qoplon bolasi Chennaydagi zoologiya bog‘iga olib borilgan, u yerda unga g‘amxo‘rlik qilishyapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin