2019 yilda dunyo poytaxtlari orasida hashamatli uy-joylar narxining eng katta o‘sishi Madrid, Berlin va Parijda kuzatilgan, deya xabar beradi Knight Frank konsalting kompaniyasi.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, ushbu shaharlarda narxlar o‘rtacha olti foizga oshadi.
Moskvada qimmatbaho ko‘chmas mulk taxminan besh foizga oshishi mumkin, Sankt-Peterburgda dinamika nolga teng bo‘ladi.
Hashamatli ko‘chmas mulk qiymatining maksimal pasayishi Gonkongda (minus 10 foiz) prognoz qilinmoqda. Sidney, London va Nyu-Yorkda narx ko‘rsatkichlari o‘rtacha ikki foizga oshadi.
Hozirgi kunda Yevropada yoki AQShda narxlarda konservativ o‘sish surati saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, ekspertlar ba’zi ekzotik hududlarda, xususan, Mavriki, Maldiv orollari, Seyshel va Tailandda ko‘chmas mulk narxining sezilarli o‘sishini kutmoqda.
Yarim yil avval 2018 yilning iyulida uy-joy narxi oshishi bo‘yicha u qadar taniqli bo‘lmagan Hindistonning Surat shahri yetakchilik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?