O‘zbekistonda 11 ta futbol klubi tadbirkorlarga beriladi

1 daqiqa o'qish250
O‘zbekistonda 11 ta futbol klubi tadbirkorlarga beriladi

O‘zbekiston Superligasining 11 ta klubi tadbirkorlarga ishonchli boshqaruv asosida berish uchun tanlovga qo‘yiladi. Yangi tizim klublarga xususiy mablag‘ va zamonaviy boshqaruvni kengroq jalb etishga qaratilgan.

Qaysi klublar boshqaruvga beriladi?

Tanlov «Bunyodkor», «Buxoro», «Dinamo», «Qizilqum», «Navbahor», «Nasaf», «Neftchi», «Lokomotiv», «Mash’al», OKMK va «Paxtakor» klublarini qamrab oladi.

Talabga ko‘ra, klublarni ishonchli boshqarishni istagan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhi professional klubning yillik barcha xarajatlarining kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag‘lari kiritishi kerak.

Tadbirkorlarga qanday imtiyozlar beriladi?

Klublarni boshqaruvga olgan tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar nazarda tutilgan:

  • klub faoliyatiga yo‘naltirilgan ayrim homiylik mablag‘lari bo‘yicha foyda solig‘i hisobida imtiyoz;

  • futbolchilar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz va ijtimoiy soliqning 1 foizlik stavkasi;

  • klubni sotib olish yoki sport obyektlarini qurish va ta’mirlash uchun 5 yilgacha, 14 foiz stavkada kredit olish imkoniyati;

  • tadbirkor mahsulot va xizmatlarini MTRK tizimidagi markaziy va hududiy telekanallarda reklama qilishda 50 foiz chegirma.

Yangi yondashuv klublarning moliyaviy barqarorligini oshirish, boshqaruvda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va futbol infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?