Xitoylik multimillioner Chjen Datsin hamqishloqlariga 12 million yuan atrofida pul (1,7 million dollar) tarqatdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi ma’lum qildi.
Oltmish yoshli millioner o‘tgan hafta Sichuan provinsiyasida joylashgan ona qishlog‘i Dinsitsyaoga tashrif buyurdi. U bir necha kun davomida mahalliy aholi bilan uchrashib, ularga sovg‘alar ulashdi.
Datsin 50 yoshdan oshgan kishilarga 9 million yuan naqd pul, shuningdek, 3 millionlik maishiy texnika, jumladan, konditsioner, sovutgich va televizorlar tarqatdi. Qayd etilishicha, pul dastasining qalinligidan har birini qizil ip bilan o‘rashga to‘g‘ri kelgan. Har bir pul dastasida 2 mingdan 6 ming yuangacha bo‘lgan.
Shuningdek, mahalliy aholining 60 yoshdan oshgan kishilariga ular jonajon o‘lkalarini yuqoridan tomosha qilishlari uchun vertolyotda bepul sayohat tashkillashtirgan.
Chjen Datsin – “Xinjiang Tiandi Group” korporatsiyasining raisi. U qashshoq oilada tug‘ilgan va kam haq olib, mehnat qilgan. 1985 yil Urumchi shahriga ko‘chadi va u yerda o‘z biznesiga asos soladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi