Xitoy mamlakat shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘urda yashovchi 2,6 millionga yaqin kishining joylashuvini kuzatadi. Financial Times xabariga ko‘ra, GDI Foundation nodavlat tashkilotining axborot xavfsizligi bo‘yicha xodimi Viktor Gevers internet tarmoqlarida ana shunday ma’lumotlar bazasini aniqlagan.
Geversning so‘zlariga ko‘ra, bir sutkada 6,7 million GPS-ma’lumot bazaga kelib tushgan. Unda joylashuv bilan bog‘liq ma’lumotdan tashqari, odamlarning ismi, hujjat raqamlari, uy manzili va suratlari ham bo‘lgan. Ularning aksariyati uyg‘urlar bo‘lgan.
Ekspertning ta’kidlashicha, ma’lumotlar Xitoyning SenseNets kompaniyasi tomonidan to‘plangan. Baza yarim yil davomida onlayn-serverda ochiq bo‘lgan. Gevers server egalariga bu haqida xabar berganidan so‘ng unga kirish yopilgan.
Nashrda qayd etilishicha, SenseNets kompaniyasi boshqa xizmatlardan tashqari politsiya xizmatlarini ham taqdim etadi. Xususan, u Xitoy sharqidagi Lyanyungan shahrida hamda janubiy Guandun provinsiyasida yuzdan tanish tizimini o‘rnatish bilan ham shug‘ullangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”