5 953
Moskva viloyatilik ruhoniy ayollarni erkak do‘xtirlar qarshisida yechinmaslikka chaqirdi…
Moskva viloyatiga qarashli «Zaysevo» qishlog‘ida joylashgan «Buyuk Vasiliy» ibodatxonasi ruhoniysi Andrey Tkachev «Sarыgrad» telekanali orqali chiqish qilib, xastalangan ayollarni erkak vrachlar qarshisida yechinmaslikka chaqirdi.
— O‘lib ketadigan og‘ir ahvolda bo‘lsangiz ham, — dedi ruhoniy. — Erkak vrach oldida yechinmang. Agar majburlay boshlasa, davolanishdan bosh torting-u, chiqib keting. Axir, u sizga nomahram. Nima uchun sizni qip-yalang‘ochlab taqiqlangan nuqtalaringizga qo‘l tekkizishi kerak? Xudoning qahri keladi-ku, singillar! Yo o‘limdan qo‘rqasizmi? Nega? O‘lish har bandaning boshida bor. Ertami-kechmi baribir ajali yetgan o‘lim topadi. Qolaversa, bu Yaratganning buyrug‘i. Shunday ekan, o‘lim siz uchun baxt sanalishi lozim. Siz o‘sha erkak vrachga ayting. «Men o‘lsam o‘lamanki, ammo nomusimni himoya qilaman! G‘ururimni pastga urishlariga yo‘l qo‘ymayman» deb ayting…
Ammo nasroniy diniga mansub odamlar Tkachevning bu gaplarini keskin tanqid ostiga oldi. Ayollar esa agar ruhoniyning o‘zi xastalansa, ayol vrach qarshisida yechinishi muqarrarligini misol qilib keltirishdi. Telekanal rahbariyati bu chiqishidan keyin ruhoniyni ko‘rsatuvlarda ishtirok etish huquqidan mahrum etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi