15:01 / 01.03.2019
5 287

«Kostya Bolshoy» jinoiy guruhi a’zolari 21 ta qotillik jinoyati bilan ayblandi

«Kostya Bolshoy» jinoiy guruhi a’zolari 21 ta qotillik jinoyati bilan ayblandi
Yaqinda Konstantin Piskaryov (laqabi «Kostya Bolshoy») yetakchiligidagi jinoiy guruh ishi tugatilib, prokuraturaga oshirildi. Ularni Moskva viloyatidagi Sergiyev Posad shaharchasi meri Yevgeniy Dushkoni o‘ldirganlik va shu kabi yana 20 ta qotillik jinoyatlari sodir etganlikda ayblashdi.

Guruh yetakchisi bilan birga hamtovoqlari Sergey Aleksandrov, Sergey Barabashkin, Yuriy Berejnov, Aleksandr Zamyatin, Damir Kapkov, Andrey Stolyarov, Dmitriy va Nikolay Yurovlar ham sud qora kursisiga o‘tirib, qilmishlariga yarasha jazo oladi. Jinoiy guruh a’zolari banditizm, qotillik, noqonuniy tarzda o‘qotar qurolga egalik qilish, portlovchi moddalar oldi-sotdisi va saqlaganlikda ayblandi.

Tergov materiallarida ta’kidlanishicha, Piskaryov 1996-1999 yillarda aynan qotillik jinoyatlari sodir etish niyatida bu jinoiy guruhni tuzgan. Dastlabki qotilliklarni esa u va hamtovoqlari 1990 yili sodir etishga ulgurishgandi. O‘shandan boshlab to 2016 yilga qadar guruh a’zolari Moskva shahri, Moskva viloyatida 21 kishining yostig‘ini quritgan. Eng shov-shuvli qotillik jinoyati Sergiyev Posad meri Yevgeniy Dushkoni o‘ldirish bo‘ldi. Bu jinoyatni 2011 yil 22 avgust kuni shaxsan Piskaryovning o‘zi sodir etgan. Aytishlaricha, mer va Piskaryov o‘rtasida 2011 yili pul tufayli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan ekan.

Guruh a’zolari juda yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan, hushyor va ehtiyotkorligi tufayli uzoq vaqt qo‘lga tusha qolmadi. Ammo Rossiya tergov qo‘mitasining ulardan-da tajribaliroq tergovchilari, izquvarlar baribir qo‘lga olishdi. Hozirgi paytda ushbu jinoiy ish prokuraturaga tasdiqlash uchun yuborilgan. Tasdiqdan o‘tgach, ish sudga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Kostya Bolshoy» jinoiy guruhi a’zolari 21 ta qotillik jinoyati bilan ayblandi