
“Batkivshchina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko prezident reytingida Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenkoni 2,5%ga ortda qoldirdi va ikkinchi oʻringa koʻtarildi. Bu haqda Tahlil va prognozlash instituti oʻtkazgan tadqiqotlarda maʼlum boʻldi.
Reytingning birinchi pogʻonasida mamlakatning 25%dan ortiq aholisi qoʻllab-quvvatlayotgan shoumen Vladimir Zelenskiy bormoqda.
“Agarda yaqin hafta ichida prezident saylovi oʻtkazilganida Vladimir Zelenskiy - 25,2%, Yuliya Timoshenko -17,9%, Pyotr Poroshenko -15,4% ovoz olgan boʻlardi”, - deyiladi Tahlil va prognozlash instituti sayti xabarida.
Ukrainada navbatdagi prezident saylovi 31 martda boʻlib oʻtadi. Davlat rahbarligi lavozimiga 40 nafar nomzod daʼvogarlik qilmoqda.
Avvalroq “Reyting” sotsiologik guruhi oʻtkazgan soʻrovnomada qatnashganlarning 25,1%i Zelenskiyni, 16,6%i Poroshenkoni va 16,2%i Timoshenkoni qoʻllab-quvvatlashini bildirgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar