21:37 / 11.03.2019
4 384

Dubayda yopiq (musulmoncha) moda haftaligi boʻlib oʻtdi

Dubayda yopiq (musulmoncha) moda haftaligi boʻlib oʻtdi
Yettinchi mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarida Dubai Modest Fashion Week (Dubay Yopiq (musulmoncha) moda haftaligi) uchun dunyoning besh qitʼasidan 26 dan ziyod mamlakatdan dizaynerlar yigʻilishdi. Uch kun davom etgan ushbu dastur Emerald Palace Kempinski (Kempinski Zumrad saroyi)da boʻlib oʻtdi.

Avstriya va Avstraliyadan tortib, Hindiston va Indoneziyagacha boʻlgan mamlakatlar vakillarini yopiq kiyinish uslubiga boʻlgan qiziqish, turfa xillik va oʻziga xoslik birlashtirdi.

Maʼlumotlarga koʻra, musulmoncha moda harakati 2020 yilga qadar 250 milliard dollargacha daromad keltirishi taxmin qilingan. “Modanisa” savdo belgisi asoschisi Karim Ture shunday deydi: “Yopiq kiyimni har qanday moda ishqibozi qadrlab kiyishi mumkin. Bu yopiq, viqorli va qulay kiyim kiyishni istagan har bir ayol uchundir”.

Moda haftaligida Shayxa Hind Faysal al-Qosimiy (BAA), Niswa Fashion (AQSH), Imon Bosnina (Avstriya), Adrianna Yariqa (Singapur), Tika Ramlan (Indoneziya), Anotah (Quvayt), Hijab Queen (Ozarbayjon) kabilar tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʻldilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Dubayda yopiq (musulmoncha) moda haftaligi boʻlib oʻtdi
[/banner_pushhouse