
2019 yilda Xitoyning termoyadro sintezi uchun tajribaviy reaktori EASTʻni yaratish jarayoni yakunlanadi. Bu haqda Xitoyning milliy yadro korporatsiyasi rahbari Duan Suru maʼlum qildi.
“Sunʼiy quyosh” deb ataluvchi qurilma Quyoshdagi yadro sintezi jarayoniga oʻxshash reaksiyani yaratishga imkon beradi. Shu tariqa fiziklar cheklanmagan energiya manbasini olishga umid qilishmoqda
Suruning aytishicha, yangi tokamak (magnit gʻaltakli toroidal kamera) ionlarni Selsiy boʻyicha 100 mln darajagacha qizdirishi mumkin, bu esa Quyoshning ionlaridan 7 marta issiqroqdir. Bu temperatura chegarasiga yetish termoyadro reaktorlarini yaratishning shartlaridan biri hisoblanadi.
Noyabrda xitoylik olimlar elektronlarni plazmada 100 mln darajagacha, ionlarni esa 50 mln darajagacha qizdirishga muvaffaq boʻlishganinini maʼlum qilishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar