4 075
Yangi zelandiyalik ayollar musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash uchun roʻmol oʻradilar (foto)
Yangi zelandiyalik ayollar boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash uchun roʻmol oʻradilar
Kraystcherchdagi voqeadan bir hafta oʻtib, juma kuni butun Yangi Zelandiya boʻylab ayollar musulmonlarga hamdardliklarini izhor qilish niyatida boshlariga roʻmol oʻradilar.
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern oʻtgan hafta otishmalardan soʻng musulmon jamiyati bilan uchrashganda boshiga roʻmol oʻrab, koʻpchilikning eʼtirofiga sazovor boʻlgan edi. Bugun u juma namoziga tashrif buyurib, qisqa nutq qildi. U oʻz nutqini musulmonlarning birdamligi toʻgʻrisidagi hadisdan boshlab, butun mamlakatning musulmonlarga hamdarligini izhor qildi.
Krayscherchliklar oʻtgan hafta mudhish hodisaga guvoh boʻlgan “Al-Nur” masjidi oldidagi maydonga namoz uchun yigʻilar ekanlar, Ouklend, Vellington va Kraystcherch ayollari, hatto baʼzi bolalar ham boshlarida roʻmol bilan keldilar.
“Nima uchun men bugun roʻmol oʻradim? Chunki yana qurol koʻtargan kimdir koʻrinsa, men u qurol oʻqtalgan kishi bilan yonma-yon turishni, uning bizni farqlolmasligini xohlayman. Aslida ham farqimiz yoʻq”, deydi kraystcherchlik Bell Sibli.
“Men boshimda roʻmol bilan ish joyimga kirganimda menga tikilayotgan insonlar oldida roʻmol sababli noqulaylikni his qildim. Men umrimda birinchi marta musulmon ozchilikdan biri boʻlish qanday boʻlishini his qildim”, dedi ouklanlik Rachel Mak Gregor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi