
Dunyoning eng yaxshi oʻqituvchisi sovrini va bir million dollarlik mukofot puli keniyalik Piter Tabichiga topshirildi. Bu haqda Dubayning Dubai Media Office matbuot xizmati xabar qildi.
36 yashar Piter Tabichi Keniya oʻrta qishloq maktabida tabiiy fanlar oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Mukofot tashkilotchilarining soʻzlariga koʻra, Piter Tabichi ishlaydigan maktabda atiga bitta kompyuter bor va bir oʻqituvchiga 58 nafar oʻquvchi toʻgʻri keladi.
Shuningdek, Tabichi maoshining katta qismini kambagʻallarga berishi bilan xalq mehrini qozongan.
Hindistonlik tadbirkor Sanni Varkeyning xayriya jamgʻarmasi 2015 yildan buyon dunyoning eng yaxshi oʻqituvchisiga mukofot topshiradi. Bu yil gʻoliblikni qoʻlga kiritish maqsadida 179 ta davlatdan 10 ming kishi ariza topshirgan.
Sanni Varkey jamgʻarmasi mukofoti BAA bosh vaziri va Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maqtumning patronaji ostida topshiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar